Barchasini ko'rish
Nashr etilgan sana: 9-sentabr, 2026
Oʻzbekiston Prezidentining Serbiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

Prezidentimizning Serbiyaga ilk rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. Muzokaralar yakunlari boʻyicha davlat rahbarlari Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar. Bundan tashqari, ustuvor yoʻnalishlarda erishilgan kelishuvlarni mustahkamlagan salmoqli hujjatlar toʻplami almashildi. Mamlakatimiz yetakchisiga Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordenini tantanali ravishda topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, Belgrad koʻchalaridan biriga “Toshkent” nomi berildi