Angren shahar 4-son Texnikumi

Texnikum haqida

Angren shahar 4-son Texnikumi bilan tanishing

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Angren texnologiyalar texnikumi o'ziga xos boy tarixga ega. 1975-yilda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi sobiq hunar-texnika Davlat qo'mitasining 94-son buyrug'iga asosan Angren shahrida 150-hunar texnika bilim yurti faoliyatini boshlagan edi. Bilim yurtining qurilishi O'zbekrezinatexnika korxonasining ishbilarmon rahbari Iskandarov Inomjon Nazarovichning tashabbusi bilan bevosita bog'liq bo'lgan. O'tgan davr mobaynida muassasa bir necha bor nomlangan: Angren shahar 150-hunar-texnika bilim yurti, 24-hunar texnika bilim yurti, 40-o'rta hunar bilim yurti, 30-o'rta hunar texnika bilim yurti, 14-kasb-hunar maktabi, so'ngra 2004-yildan boshlab Angren Kimyo sanoati kasb-hunar kolleji deb nomlangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoniga asosan "Angren texnologiya texnikumi", 2024-yil 16-oktyabrdagi PF-158-son Farmoniga asosan "Angren texnologiyalar texnikumi", 2025-yil 23-oktyabrdagi PF-190-son Farmoniga asosan esa hozirgi nomi — "Angren shahar 4-son texnikumi" deb tashkil etilgan. Bugungi kunda texnikumda O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida kunduzgi, dual va sirtqi ta'lim shakllari bo'yicha 970 nafardan ortiq yoshlar zamonaviy sanoat va xizmat ko'rsatish sohalari uchun kasb-hunar egallamoqda. Texnikum direktori: N.K. Mirzayev.

Bizning maqsadimiz

  • Zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash
  • Amaliyot va nazariyani uyg'unlashtirgan dual ta'lim tizimini rivojlantirish
  • O'quvchilarni mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirish
  • Ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kengaytirish