Barchasini ko'rish
Nashr etilgan sana: 26-avgust, 2026
9-sinf bitiruvchilari orasida qaysi yo'nalishlar eng talabgir?

2026-2027 o'quv yiliga 9-sinf bazasida hujjat topshirish davom etmoqda va ba'zi yo'nalishlarda raqobat allaqachon yuqori. Masalan, "Sanoat kimyosi laboranti" yo'nalishiga 30 o'ringa 55 ta ariza (deyarli 2 baravar), kunduzgi "Avtomobillar servisi"ga 51 ta, dual "Avtomobillar servisi"ga esa 30 o'ringa 88 ta ariza (deyarli 3 baravar!) tushdi. "Grafik va dizayn texnologiyasi" yo'nalishiga ham 60 o'ringa 80 ta ariza kelib tushgan. Umuman olganda, kunduzgi yo'nalishlarga rejalashtirilgan 240 o'ringa 247 ta, dual yo'nalishlarga esa 90 o'ringa 146 ta ariza qabul qilingan. Hujjat topshirishga shoshiling — o'rinlar tezda to'lmoqda!